Muammo: lidlar yo'qoladi, sotuvchi nima qilayotgani ko'rinmaydi, voronka hisoboti kechikadi.
- Telegram, Instagram va saytdan kelgan lidni avtomatik qabul qilish va saralash
- CRM ni o'zi to'ldirish: mijoz, bosqich, keyingi qadam
- Sotuvchi qo'ng'irog'ini matnga o'girib, skript bo'yicha baholash
- Javobsiz qolgan mijozga eslatma va qayta aloqa navbati
- Rahbarga kunlik voronka hisoboti: lid, uchrashuv, sotuv, konversiya
Natija: bitta lid ham e'tiborsiz qolmaydi, rahbar har kuni voronkani raqamda ko'radi.
02
Marketing
Ko'p so'raladi
Muammo: kontent tartibsiz chiqadi, reklama puli qayerga ketayotgani aniq emas.
- Oylik kontent reja, post matni va video ssenariy
- Meta reklama natijasini har kuni tahlil qilish
- Lid narxi oshsa darhol signal
- Raqobatchi sahifa va narxlarini kuzatish
- Haftalik hisobot: qaysi kanal pul olib keldi
Natija: kontent rejali chiqadi, reklama byudjeti raqam bilan boshqariladi.
Muammo: pul qayerga ketayotgani oy oxirida bilinadi, qarzdorlik nazoratsiz.
- Kirim va chiqimni Telegram orqali ovoz yoki rasm bilan yozish
- Kunlik pul oqimi: qancha keldi, qancha ketdi, qancha qoldi
- Debitorka va kreditorka: muddati yaqinlashsa eslatma
- Oylik foyda va zarar hisoboti
- Byudjet reja va fakt solishtiruvi
Natija: biznes egasi har kuni pul holatini bitta xabarda ko'radi.
04
Ishlab chiqarish
Asosiy yo'nalish
Muammo: reja bajarilmaydi, brak va to'xtashlar sababi yozilmaydi.
- Smena bo'yicha reja va fakt: smena boshlig'i Telegramdan kiritadi
- Brak va to'xtash jurnali sabab bilan
- Uskuna samaradorligi (OEE) hisoboti
- Xomashyo sarfi me'yordan oshsa signal
- Rahbarga kunlik ishlab chiqarish brifingi
Natija: har smenaning reja va fakti hamda yo'qotish sababi ko'rinadi.
Muammo: xomashyo kutilmaganda tugaydi, qoldiq hujjat bilan mos kelmaydi.
- Kirim, chiqim va qoldiq hisobi
- Minimal zaxiraga yetganda signal
- Xarid buyurtmasi loyihasini o'zi tayyorlash
- Ta'minotchilar narxini solishtirish
- Sekin aylanayotgan tovar ro'yxati
Natija: xomashyo tugab qolishi va ortiqcha xarid kamayadi.
Muammo: qaysi mahsulot foyda, qaysi biri zarar keltirayotgani aniq emas.
- Har mahsulot bo'yicha kalkulyatsiya
- Marja: mahsulot va mijoz kesimida
- Xomashyo narxi o'zgarsa avtomatik qayta hisob
- Reja va haqiqiy tannarx farqi
- Narxni ko'tarish kerak bo'lsa signal
Natija: har mahsulotning haqiqiy foydasi ko'rinadi, narx qarori raqamga tayanadi.
Muammo: bir xil brak qaytariladi, mijoz shikoyati tizimsiz.
- Nomuvofiqlik va reklamatsiya jurnali
- Asosiy brak sabablari tahlili (Pareto)
- Tuzatuvchi chora va muddat nazorati
- Kirish nazorati natijalari ta'minotchi kesimida
- Oylik sifatsizlik xarajati hisoboti
Natija: brak sababi topiladi va qaytarilmaydi, sifat xarajati so'mda ko'rinadi.
Muammo: xodim qidirish uzoq, yangi xodim ishga sekin kiradi.
- Vakansiya matni va e'lon
- Rezyumelarni saralash va baholash
- Telegramda dastlabki intervyu boti
- Yangi xodim uchun onboarding va savol-javob
- Lavozim KPI va oylik baholash
Natija: nomzod saralash tezlashadi, yangi xodim tezroq natija beradi.
09
Rahbar shtabi
Ko'p so'raladi
Muammo: rahbar hamma narsani o'zi so'rab, o'zi nazorat qiladi.
- Butun kompaniya bo'yicha kunlik hisobot bitta xabarda
- Vazifa, muddat va javobgar nazorati
- Yig'ilish ovozini matnga va vazifalarga aylantirish
- Qarorlar jurnali: kim, qachon, nima kelishdi
- Rahbar uchun shaxsiy AI yordamchi
Natija: rahbarning operatsion yuklamasi kamayadi, nazorat tizimga o'tadi.
Muammo: mijoz savoliga kech javob beriladi, kechasi yozganlar yo'qoladi.
- Telegram va Instagramda 24/7 javob beruvchi bot
- Narx, mahsulot va buyurtma holati bo'yicha javoblar
- Shikoyatni qabul qilib, mas'ulga yo'naltirish
- Sotuvdan keyingi aloqa va qayta sotuv eslatmasi
- Eng ko'p beriladigan savollar hisoboti
Natija: mijoz bir necha soniyada javob oladi, so'rov yo'qolmaydi.
Muammo: shartnoma muddati o'tib ketadi, kerakli hujjat topilmaydi.
- Shartnoma shablonlari va tayyor loyiha
- Shartnomadagi xavfli bandlarni belgilash
- Muddat va to'lov sanasi eslatmasi
- Hujjatlar arxividan tez qidirish
- Xat va rasmiy javob loyihalari
Natija: hujjat bir necha soniyada topiladi, muddat o'tkazib yuborilmaydi.
Muammo: buyurtma qayerdaligini bilish uchun qo'ng'iroq qilish kerak.
- Buyurtma holati: qabul, yo'lda, yetkazildi
- Kechikish xavfi bo'lsa signal
- Haydovchi va yetkazish hisoboti
- Yo'l xarajati nazorati
- O'z vaqtida yetkazish foizi (OTD)
Natija: har buyurtma holati ko'rinadi, kechikish oldindan ma'lum bo'ladi.